Устав редакции научно-практического журнала "Медицина и спорт"
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Mazkur Nizom Ilmiy-amaliy “Tibbiyot va sport” jumali tahririyatining
(keyingi matnda “Tahririyat”, deb yuritiladi) bundan keyingi huquqiy va ijtimoiy-
siyosiy asoslarini belgilaydi.
1.2. Tahririyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy
axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni, boshqa qonun hujjatlariga binoan va
mazkur Nizomga amal qilgan holda amalga oshiradi.
1.3. Tahririyat muassisi: 0‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi
«Respublika sport tibbioyti ilmiy-amaliy markazi» mas'uliyati cheklangan jamiyati
(keyingi o‘rinda-markaz, deb yuritiladi).
1.4. Jurnalning rasmiy nomi - “Tibbiyot va sport”
1.5. Ilmiy-amaliy “Tibbiyot va sport” jurnali O‘zbekiston Respublikasi
xududidagi va chet el davlatlari -ilmiy xodimlari, Oliy o‘quv muassasalariing
professor o‘qituvchilari, shifokorlar, farmatsevt xodimlar, doktorantlar va mustaqil
izlanuvchilar, 0‘zbekiston Rechspublikasi Sog‘liqni saqlash, Sport vazirliklari
doirasida tarqatilish ko‘zda tutilgan.
Tahririyat sport va tibbiyot sohalaridagi fundamental ilmiy izlanishlami
yoritib boradi.
1.6. Muassis bilan tahririyat o‘rtasidagi munosabatlar ushbu Nizom orqali
tartibga solinadi.
1.7. Jumal har chorakda bir marta, o‘zbek, rus va ingliz tilida, A-4 formatida
chop etiladi hamda elektron shaklda jurnal rasmiy saytida joylashtirilib boriladi.
Muassis yoki tahririyat qarori bilan uning davriyligi yoki hajmi o‘zgarishi mumkin.
Jurnalning faoliyat olib borish muddati chegaralanmagan.
1.8. Tahririyat manzili: Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Botir
Zokirov ko‘chasi, 6- uy.
IL FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI
2.1. Tahririyat o‘z Nizomida belgilangan dasturiy qoidalarga amal qiladi.
2.2. Tahririyatning asosiy maqsadlari:
- biotibbiyot, sport tibbiyoti, biofizika, biokimyo, psixologiya,sport
psixologiyasi sohalaridagi fundamental ilmiy izlanishlar hamda tajribaviy va klinik
tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maqolalar chop etish, tajriba almashish, ilmiy
xronikani chop etish, monografiyalarga taqriz berish va hokazolar.
2.3. Tahririyatning faoliyat turi-jumal nashr etish.
III. MUASSISNING HUQUQLARI
3.1. Tahririyat Nizomi va qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari
doirasida tahririyat faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi.
3.2. Tahririyat Nizomini ishlab chiqishda ishtirok etadi va uni tasdiqlaydi.
3.3. Tahririyat bosh muharriri va uning o‘rinbosarini, shuningdek tahrir
hay’ati a’zolarini tayinlash va ozod qilish vakolatiga ega boTadi.
3.4. O‘z faoliyatiga doir xabar yoki reklama tusida boTmagan e’lonni jurnal
sahifasida bepul joylashtiradi.
3.5. Qo‘shgan mulkiy ulushiga muvofiq ravishda foyda va zararlar
taqsimotida ishtirok etadi.
3.6. Bosmaxona tashkil etish va matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarishi
mumkin.
3.7. Tahririyat faoliyati tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob- kitob
qilingandan keyin qolgan mol-mulkni tegishli tartibga o‘ziga tegishli bo‘lgan
qismini oladi.
IV. MUASSISNING MAJBURIYATLARI
4.1. Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya
etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
4.2. O‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib jurnalni tarqatish va obunajarayoniga
ko‘maklashadi.
4.3. Tahririyat moddiy va texnika bazasini yaratishda ko‘maklashadi,
jurnalni ilmiy tomondan qoTlab-quvvatlash, jurnal taxririyati uchun o‘z bazasida
xo‘jalik hisobidagi bo‘limni tashkil etish.
4.4. Tahririyat jurnalistlarining turli vazirliklar va idoralarda, o‘quv
muassasalarida, diplomatik vakolatxonalarida ish olib borishiga ko‘maklashadi.
4.5. Boshqaruv tizimini va shtatlar jadvalini ishlab chiqadi va ish haqlarini
xodimlarning umumiy ishga qo‘shgan hissasidan kelib chiqib belgilaydi.
4.6. Jurnal faoliyatidan ortirilgan jamg‘arma tahririyatning faoliyatini
yanada kengaytirishga, tahririyat moddiy texnika bazasini hamda xodimlarning
mehnat va dam olish sharoitini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
4.7. Senzurani amalga oshirishga, retsenziyadan o‘tkazishga, tahririyatning
ijodiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek jurnalning ishlab chiqarilishi va
tarqatilishi masalalariga aralashishga haqli emas. Tahririyat Nizomida nazarda
tutilgan hollar bundan mustasno.
V. TAHRIRIYATNING HUQUQLARI
5.1. Tahririyat “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish
kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Jumalistik faoliyatini himoya qilish
to‘g‘risida”gi va boshqa shu sohaga tegishli qonunlar asosida faoliyat yuritadi.
5.2. Tahririyat «Respublika sport tibbioyti ilmiy-amaliy markazi»
mas'uliyati cheklangan jamiyatining xo‘jalik hisobidagi boTimi hisoblanib, mustaqil
yuridik shaxs maqomiga ega emas. Muassis tomonidan ajratilgan xizmat xonalariga
va texnika vositalariga ega boTadi.
5.3. Muassis bilan kelishilgan holda jurnal faoliyati yo‘nalishlarini
o‘zgartirish, ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo4 shimchai ar kiritish vakolatiga ega.5.4. O‘z mahsuloti va xizmatlarini o‘zaro kelishilgan narxlarda sotadi.
5.5. Amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanadi.
VI. TAHRIRIYATNING MAJBURIYATLARI
6.1. Jumalni obunachilarga yetkazilishini ta’minlaydi hamda har bittajurnal
sonini jumal saytiga joylashtirib boradi. Ko‘zda tutilgan bo‘lsa uning savdosini
tashkillashtiradi.
6.2. Jumal chiqarish faoliyatida rentabellik ta’minlanmagan taqdirda va uni
nashr etish imkoniyatlari topilmagan hollarda yoxud jumal faoliyati qonunga asosan
sud tomonidan to‘xtatilganda, muassis bilan kelishilgan holda tahririyat o‘z
faoliyatini to‘xtatadi yoki tugatadi.
VIL ISHNING TASHKIL ETILISHI VA MEHNAT INTIZOMI
7.1. Tahririyatning barcha xodimlari muassis va xodim o‘rtasida imzolangan
mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinadi.
7.2. Barcha xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari
va muassis ma’muriyati tomonidan belgilangan mehnat tartib- qoidalari qo‘llaniladi.
7.3. Tahririyatdagi barcha ishlar belgilangan qoidalar va texnika xavfsizligi
talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
7.4. Mehnat intizomini buzgan aybdor shaxsga nisbatan muassis
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida chora qoTlaydi.
7.5. Tahririyatda asosiy ish joyi hisoblangan xodimlar qonunchilik bilan
belgilangan tartibda ijtimoiy sug‘urta qilinishi mumkin.
VIII. TAHRIRIYATNI BOSHQARISH
8.1. Muassis-«Respublika sport tibbioyti ilmiy-amaliy markazi» mas'uliyati
cheklangan jamiyati boshqaruvning oliy organi hisoblanadi.
8.2. Tahririyat tarkibi: bosh muharrir, uning oTinbosari, Ilmiy muharrir,
tahrir hay’ati, tahririyat kengashi tashkil etadi.
Bosh muharrir rahbarligidagi tahrir hay’ati tomonidan boshqariladi. Tahrir
hay’ati tarkibi o‘z soxasida yetakchi hisoblangan mutaxassislardan tashkil topib,
muharrir tomonidan muassisga tavsiya etiladi va muassis tomonidan tasdiqlanadi.
8.3. Muharrir:
- mehnat jamoasi qarorlari va tahririyat rejalarining bajarilishini ta’minlaydi;
- mehnat qonunlari ijrosini ta’minlaydi;
- ushbu Nizomga asosan davlat organlari, korxona va tashkilotlar bilan
munosabatda tahririyat nomidan muassis tomonidan berilgan ishonchnomaga
asosan ish yuritadi;
8.4. Tahrir hay’ati jurnal tahririyati boshqaruvining nazorat organidir.
8.5. Tahrir hay’ati:
- Nizomga o‘zgartirish kiritishni taklif etadi;
-tahririyat faoliyatiga oid tavsiyalar beradi.
IX. IQTISODIY FAOLIYAT
9.1. Tahririyat o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida yuritadi.
9.2. Tahririyat quyidagi manbalardan daromad oladi:
- reklama, e’lon, bildiruvlardan;- shartnoma asosida yoritilgan maqolalar haqidan;
- markaz mablag‘lari, homiylarning ko‘magi, shuningdek jumal obunasi va
sotilishidan ko‘rilgan foyda hisobiga;
- xalqaro tashkilotlarning, O‘zbekiston hamda chet el jismoniy va yuridik
shaxslarining xayriyalari;
- qonunda taqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobidan moliyalashtiriladi;
9.3. Muassis obuna, reklama va e’lonlar narxini mustaqil belgilaydi.
X. FOYDANING TAQSIMLANISHI
10.1. Sof foyda muassis va tahririyatning o‘zaro kelishuvi asosida tahririyat
faoliyatini yanada yaxshilashga yo‘naltirilishi mumkin.
10.2. Taxrir hay’atining qaroriga asosan homiylarning yordami, jumalning
obunasi, sotilishi, reklama va boshqa tur faoliyatidan koTilgan foyda hisobidan
taxririyat xodimlarini rag‘batlantirish va moddiy yordam ko‘rsatish muassis
tomonidan amalga oshiriladi.
XL MODDIY- TEXNIKA BAZASI
11.1. Tahririyatning moddiy- texnika bazasi muassis bergan mulk va xo‘jalik
yuritish natijasida orttirilgan moddiy mablag‘laridan iborat boTadi. Tahririyat ushbu
mulkdan o‘z ehtiyojlari va manfaatlari yo‘lida erkin foydalanish huquqiga ega.
XII. BOSHQA MASALALAR
12.1. Tahririyatni saqlab turish sarf -xarajatlar smetasi muassis tomonidan
tasdiqlanib, muharrir tomonidan imzolanadi.
12.2. Tahririyatning moliyaviy faoliyati, hisobot berishi belgilangan tartibda
amalga oshiriladi.
12.3. Tahririyat faoliyati to‘xtatilgan taqdirda ishdan ozod etilgan xodimlar
mehnat huquqlarining qonunlarda ko‘zda tutilgan barcha kafolatlaridan
foydalanadilar.
XIII. TAHRIRIYATNING TUGATILISHI
13.1. Jurnalni chiqarish yoki nashr etish, muassisning уoki jurnalni ro‘yxatga
olgan organning yoxud sudning qarori bilan tugatiladi.
13.2. Muassis jurnalni chiqarishni yoki nashr etishni tugatish to‘g‘risida
qaror qabul qilgan taqdirda muharrir yoki tahririyat xodimi xuddi shu nomda jurnal
ta’sis etish masalasini qo‘yishi mumkin. Bunda jumal qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
