Ilmiy-amaliy “Tibbiyot va sport” jurnali tahririyati Nizomi

1.  UMUMIY QOIDALAR

1.1.  Mazkur Nizom Ilmiy-amaliy “Tibbiyot va sport” jumali tahririyatining 
(keyingi matnda “Tahririyat”, deb yuritiladi) bundan keyingi huquqiy va ijtimoiy- 
siyosiy asoslarini belgilaydi.
1.2.  Tahririyat o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ommaviy 
axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonuni, boshqa qonun hujjatlariga binoan va 
mazkur Nizomga amal qilgan holda amalga oshiradi.
1.3.  Tahririyat muassisi: 0‘zbekiston milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi 
«Respublika sport tibbioyti ilmiy-amaliy markazi» mas'uliyati cheklangan jamiyati 
(keyingi o‘rinda-markaz, deb yuritiladi).
1.4.  Jurnalning rasmiy nomi - “Tibbiyot va sport”
1.5.  Ilmiy-amaliy “Tibbiyot va sport” jurnali O‘zbekiston Respublikasi 
xududidagi va chet el davlatlari -ilmiy xodimlari, Oliy o‘quv muassasalariing 
professor o‘qituvchilari, shifokorlar, farmatsevt xodimlar, doktorantlar va mustaqil 
izlanuvchilar, 0‘zbekiston Rechspublikasi Sog‘liqni saqlash, Sport vazirliklari 
doirasida tarqatilish ko‘zda tutilgan.
Tahririyat sport va tibbiyot sohalaridagi fundamental ilmiy izlanishlami 
yoritib boradi.
1.6.  Muassis bilan tahririyat o‘rtasidagi munosabatlar ushbu Nizom orqali 
tartibga solinadi.
1.7.  Jumal har chorakda bir marta, o‘zbek, rus va ingliz tilida, A-4 formatida 
chop etiladi hamda elektron shaklda jurnal rasmiy saytida joylashtirilib boriladi. 
Muassis yoki tahririyat qarori bilan uning davriyligi yoki hajmi o‘zgarishi mumkin. 
Jurnalning faoliyat olib borish muddati chegaralanmagan.
1.8.  Tahririyat manzili: Toshkent shahar Shayxontohur tumani, Botir 
Zokirov ko‘chasi, 6- uy.



IL FAOLIYATINING ASOSIY YO‘NALISHLARI

2.1.  Tahririyat o‘z Nizomida belgilangan dasturiy qoidalarga amal qiladi.
2.2.  Tahririyatning asosiy maqsadlari:
- biotibbiyot, sport tibbiyoti, biofizika, biokimyo, psixologiya,sport 
psixologiyasi sohalaridagi fundamental ilmiy izlanishlar hamda tajribaviy va klinik 
tibbiyot yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy maqolalar chop etish, tajriba almashish, ilmiy 
xronikani chop etish, monografiyalarga taqriz berish va hokazolar.
2.3.  Tahririyatning faoliyat turi-jumal nashr etish.


III.  MUASSISNING HUQUQLARI

3.1.  Tahririyat Nizomi va qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari 
doirasida tahririyat faoliyatini boshqarishda ishtirok etadi.
3.2.  Tahririyat Nizomini ishlab chiqishda ishtirok etadi va uni tasdiqlaydi.
3.3.  Tahririyat bosh muharriri va uning o‘rinbosarini, shuningdek tahrir 
hay’ati a’zolarini tayinlash va ozod qilish vakolatiga ega boTadi.
3.4.  O‘z faoliyatiga doir xabar yoki reklama tusida boTmagan e’lonni jurnal 
sahifasida bepul joylashtiradi.
3.5.  Qo‘shgan mulkiy ulushiga muvofiq ravishda foyda va zararlar 
taqsimotida ishtirok etadi.
3.6.  Bosmaxona tashkil etish va matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarishi 
mumkin.
3.7.  Tahririyat faoliyati tugatilgan taqdirda kreditorlar bilan hisob- kitob 
qilingandan keyin qolgan mol-mulkni tegishli tartibga o‘ziga tegishli bo‘lgan 
qismini oladi.



IV.  MUASSISNING MAJBURIYATLARI

4.1.  Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya 
etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi.
4.2.  O‘z imkoniyatlaridan kelib chiqib jurnalni tarqatish va obunajarayoniga 
ko‘maklashadi.
4.3.  Tahririyat moddiy va texnika bazasini yaratishda ko‘maklashadi, 
jurnalni ilmiy tomondan qoTlab-quvvatlash, jurnal taxririyati uchun o‘z bazasida 
xo‘jalik hisobidagi bo‘limni tashkil etish.
4.4.  Tahririyat jurnalistlarining turli vazirliklar va idoralarda, o‘quv 
muassasalarida, diplomatik vakolatxonalarida ish olib borishiga ko‘maklashadi.
4.5.  Boshqaruv tizimini va shtatlar jadvalini ishlab chiqadi va ish haqlarini 
xodimlarning umumiy ishga qo‘shgan hissasidan kelib chiqib belgilaydi.
4.6.  Jurnal faoliyatidan ortirilgan jamg‘arma tahririyatning faoliyatini 
yanada kengaytirishga, tahririyat moddiy texnika bazasini hamda xodimlarning 
mehnat va dam olish sharoitini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
4.7.  Senzurani amalga oshirishga, retsenziyadan o‘tkazishga, tahririyatning 
ijodiy faoliyatiga aralashishga, shuningdek jurnalning ishlab chiqarilishi va 
tarqatilishi masalalariga aralashishga haqli emas. Tahririyat Nizomida nazarda 
tutilgan hollar bundan mustasno.


V.  TAHRIRIYATNING HUQUQLARI

5.1.  Tahririyat “Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi, “Axborot olish 
kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi, “Jumalistik faoliyatini himoya qilish 
to‘g‘risida”gi va boshqa shu sohaga tegishli qonunlar asosida faoliyat yuritadi.
5.2.  Tahririyat «Respublika sport tibbioyti ilmiy-amaliy markazi» 
mas'uliyati cheklangan jamiyatining xo‘jalik hisobidagi boTimi hisoblanib, mustaqil 
yuridik shaxs maqomiga ega emas. Muassis tomonidan ajratilgan xizmat xonalariga 
va texnika vositalariga ega boTadi.
5.3.  Muassis bilan kelishilgan holda jurnal faoliyati yo‘nalishlarini 
o‘zgartirish, ushbu Nizomga o‘zgartirish va qo4 shimchai ar kiritish vakolatiga ega.5.4.  O‘z mahsuloti va xizmatlarini o‘zaro kelishilgan narxlarda sotadi.
5.5.  Amaldagi qonunlarda ko‘zda tutilgan boshqa huquqlardan foydalanadi.



VI.  TAHRIRIYATNING MAJBURIYATLARI

6.1.  Jumalni obunachilarga yetkazilishini ta’minlaydi hamda har bittajurnal 
sonini jumal saytiga joylashtirib boradi. Ko‘zda tutilgan bo‘lsa uning savdosini 
tashkillashtiradi.
6.2.  Jumal chiqarish faoliyatida rentabellik ta’minlanmagan taqdirda va uni 
nashr etish imkoniyatlari topilmagan hollarda yoxud jumal faoliyati qonunga asosan 
sud tomonidan to‘xtatilganda, muassis bilan kelishilgan holda tahririyat o‘z 
faoliyatini to‘xtatadi yoki tugatadi.



VIL  ISHNING TASHKIL ETILISHI VA MEHNAT INTIZOMI

7.1.  Tahririyatning barcha xodimlari muassis va xodim o‘rtasida imzolangan 
mehnat shartnomasi asosida ishga qabul qilinadi.
7.2.  Barcha xodimlarga O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari 
va muassis ma’muriyati tomonidan belgilangan mehnat tartib- qoidalari qo‘llaniladi.
7.3.  Tahririyatdagi barcha ishlar belgilangan qoidalar va texnika xavfsizligi 
talablariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi.
7.4.  Mehnat intizomini buzgan aybdor shaxsga nisbatan muassis 
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi asosida chora qoTlaydi.
7.5.  Tahririyatda asosiy ish joyi hisoblangan xodimlar qonunchilik bilan 
belgilangan tartibda ijtimoiy sug‘urta qilinishi mumkin.



VIII.  TAHRIRIYATNI BOSHQARISH

8.1.  Muassis-«Respublika sport tibbioyti ilmiy-amaliy markazi» mas'uliyati 
cheklangan jamiyati boshqaruvning oliy organi hisoblanadi.
8.2.  Tahririyat tarkibi: bosh muharrir, uning oTinbosari, Ilmiy muharrir, 
tahrir hay’ati, tahririyat kengashi tashkil etadi.
Bosh muharrir rahbarligidagi tahrir hay’ati tomonidan boshqariladi. Tahrir 
hay’ati tarkibi o‘z soxasida yetakchi hisoblangan mutaxassislardan tashkil topib, 
muharrir tomonidan muassisga tavsiya etiladi va muassis tomonidan tasdiqlanadi.
8.3.  Muharrir:
-  mehnat jamoasi qarorlari va tahririyat rejalarining bajarilishini ta’minlaydi;
-  mehnat qonunlari ijrosini ta’minlaydi;
-  ushbu Nizomga asosan davlat organlari, korxona va tashkilotlar bilan 
munosabatda tahririyat nomidan muassis tomonidan berilgan ishonchnomaga 
asosan ish yuritadi;
8.4.  Tahrir hay’ati jurnal tahririyati boshqaruvining nazorat organidir.
8.5.  Tahrir hay’ati:
- Nizomga o‘zgartirish kiritishni taklif etadi;
-tahririyat faoliyatiga oid tavsiyalar beradi.



IX.  IQTISODIY FAOLIYAT

9.1.  Tahririyat o‘z faoliyatini xo‘jalik hisobi asosida yuritadi.
9.2.  Tahririyat quyidagi manbalardan daromad oladi:
-  reklama, e’lon, bildiruvlardan;-  shartnoma asosida yoritilgan maqolalar haqidan;
-  markaz mablag‘lari, homiylarning ko‘magi, shuningdek jumal obunasi va 
sotilishidan ko‘rilgan foyda hisobiga;
-  xalqaro tashkilotlarning, O‘zbekiston hamda chet el jismoniy va yuridik 
shaxslarining xayriyalari;
-  qonunda taqiqlanmagan boshqa manbaalar hisobidan moliyalashtiriladi;
9.3.  Muassis obuna, reklama va e’lonlar narxini mustaqil belgilaydi.



X.  FOYDANING TAQSIMLANISHI

10.1.  Sof foyda muassis va tahririyatning o‘zaro kelishuvi asosida tahririyat 
faoliyatini yanada yaxshilashga yo‘naltirilishi mumkin.
10.2.  Taxrir hay’atining qaroriga asosan homiylarning yordami, jumalning 
obunasi, sotilishi, reklama va boshqa tur faoliyatidan koTilgan foyda hisobidan 
taxririyat xodimlarini rag‘batlantirish va moddiy yordam ko‘rsatish muassis 
tomonidan amalga oshiriladi.



XL  MODDIY- TEXNIKA BAZASI

11.1.  Tahririyatning moddiy- texnika bazasi muassis bergan mulk va xo‘jalik 
yuritish natijasida orttirilgan moddiy mablag‘laridan iborat boTadi. Tahririyat ushbu 
mulkdan o‘z ehtiyojlari va manfaatlari yo‘lida erkin foydalanish huquqiga ega.



XII.  BOSHQA MASALALAR

12.1.  Tahririyatni saqlab turish sarf -xarajatlar smetasi muassis tomonidan 
tasdiqlanib, muharrir tomonidan imzolanadi.
12.2.  Tahririyatning moliyaviy faoliyati, hisobot berishi belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi.
12.3.  Tahririyat faoliyati to‘xtatilgan taqdirda ishdan ozod etilgan xodimlar 
mehnat huquqlarining qonunlarda ko‘zda tutilgan barcha kafolatlaridan 
foydalanadilar.



XIII.  TAHRIRIYATNING TUGATILISHI

13.1.  Jurnalni chiqarish yoki nashr etish, muassisning уoki jurnalni ro‘yxatga 
olgan organning yoxud sudning qarori bilan tugatiladi.
13.2.  Muassis jurnalni chiqarishni yoki nashr etishni tugatish to‘g‘risida 
qaror qabul qilgan taqdirda muharrir yoki tahririyat xodimi xuddi shu nomda jurnal 
ta’sis etish masalasini qo‘yishi mumkin. Bunda jumal qayta ro‘yxatdan o‘tkaziladi.